Tabiat resurslari vazirligiga matbuot kotibi tayinlandi
Tabiat resurslari vazirligi Matbuot kotibi – Vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Raxmanbayeva Lola Samigdjanovna tayinlandi.
Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
Qayd etish lozimki, Lola Raxmanbayeva 2019 yildan shu kunga qadar Turizm va madaniy meros vazirligida xuddi shu lavozimda ishlagan.
Lola Raxmanbayeva 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti magistraturasini tamomlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter