Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SXTU 2023-2024 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi

SXTU 2023-2024 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SXTU) 2023-2024 o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha qabul boshlanganini e’lon qiladi.

2023-2024 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 275 ta kvota ajratilgan.

Universitetda ta’lim ingliz tilida olib boriladi.

Qabul quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

Muhandislik (School of Engineering)

- Geologiya muhandisligi – 25 o‘rin;
- Konchilik ishi – 25 o‘rin;
- Kimyo muhandisligi – 25 o‘rin;
- Neft-gaz muhandisligi – 25 o‘rin;
- Axborot texnologiyalari – 25 o‘rin.

Iqtisod va tadbirkorlik (Business School)

- Tadbirkorlik va menejment – 25 o‘rin;
- Xalqaro logistika (AQSh oliy ta’limi dasturi asosida) – 25 o‘rin.

Xitoy energetika instituti (Chinese Institute of Elctric Power):

- «Issiqlik energetikasi»(Xitoy oliy ta’lim dasturlari asosida) – 40 o‘rin;

Koreya texnologiyasi va madaniyati kolleji (Korean College of Technology and Culture)

- «Yashil texnologiyalar» (Qayta tiklanadigan energiya manbalari) – 20 o‘rin;
- Dizayn – 20 o‘rin;
- Raqamli iqtisodiyot – 20 o‘rin.

Kirish imtihonlarining o‘tkazilish tartibi:

Matematika fani (Maktab o‘quv dasturi asosida)
Ingliz tili (Maktab o‘quv dasturi asosida)

Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligi huzuridagi «Bilim va malakalarni baholash» agentligi (sobiq DTM) tomonidan o‘tkaziladi.

Eslatma: Ingliz va matematika fanlaridan quyidagi xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan ozod etiladi:

Ingliz tilidan: IELTS – 5,5 va undan yuqori; TOEFL IBT – 46-59 va undan yuqori; TOEFL ITP – 450 va undan yuqori, CEFR – B2 va undan yuqori.

Matematika fanidan: SAT (matematika – 600 va undan yuqori, ingliz tili - 500 va undan yuqori)

Hujjat qabul qilish muddati 2023-yilning 1- iyuliga qadar davom etadi. Kirish imtihonlari 2023-yil iyul oyining ikkinchi dekadasida o‘tkaziladi.

Darslar 2023 yil 4 sentyabrdan boshlanadi.

O‘qish muddati – 4 yil.

Darslar 2023yilning sentyabr oyidan universitet yangi kampusida o‘tkaziladi va boshqa shaharlardan kelgan talabalar yotoqxona bilan ta’minlanadi.


Quyidagi hujjatlarning elektron shakldagi nusxalari 2023-yilning 1-iyuligacha saytimiz orqali abituriyentlardan qabul qilinadi:

- pasport nusxasi (ro‘yxatdan o‘tgan joyi ko‘rsatilgan holda) PDF formatida;
- o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (PDF formatidagi attestat yoki diplom);
- fotosurat 3,5x4,5 (JPEG formatida).

Ma’lumot uchun: SXTU O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60 sonli Farmoniga asosan tashkil etildi. (PF-60, 49-maqsad: «Xorijiy davlatlarning yetakchi texnika universiteti bilan birgalikda Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish»).

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 036721-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritadi.

Universitetning afzallik tomonlari:

- jahonning yetakchi universitetlari modeliga muvofiq jahon standartlariga javob beradigan muhandis kadrlar tayyorlaydi;
- universitetda dars beruvchi professor-o‘qituvchilar tarkibiga AQSh, Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliyadagi yetakchi o‘quv muassasalari va ilmiy markazlarning tajribali xorijiy professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari va trenerlari kiritilgan;
- yetakchi xorijiy texnika universitetlarning pedagogik tajribasiga asoslangan o‘quv jarayoni, o‘quv rejalari, ta’lim dasturlaridan foydalaniladi;
- universitetning betakror ishlab chiqarish bazasi, O‘zbekistondagi yetakchi sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash imkoniyati bor;
- nufuzli xorijiy universitetlardagi kabi «Double degree» va «Double diploma» va diplomini olish imkoniyati mavjud.

Bulardan tashqari universitet talabasiga aylangan shaxslar uchun qo‘shimcha tarzda shartnoma doirasida «B va C» kategotiyali haydovchilik guvohnomasini olishga tayyorlovchi kurs, shuningdek «Avtomexanika» va «Elektrotexnika» sohalari bo‘yicha kurslar tashkil etiladi.

Shu bilan birga universitet qoshida tashkil etilgan bir qator markazlar va sport inshoatlari orqali talabalar turli tillar va milliy madaniyatlardan yaxshi xabardor bo‘lish, tarixiy milliy liboslarimizni nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham namoyish etish, sport bilan muntazam shug‘ullanish kabi imkoniyatlarga ham ega bo‘lishadi.

Eslatma:

Shartnomada belgilangan to‘lov summasini qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

Universitetimiz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram: https://t.me/siut_uz
Facebook: https://www.facebook.com/siut.uz
Instagram: https://www.instagram.com/siut.uz
www.siut.uz
+99855 705-50-05, +99897 575-48-29

Manzil: Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270-uy (mo‘ljal: Viloyat Davlat avtomobil inspeksiyasi qarshisida).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring