Suv quduqlarini aniqlash va burg‘ilash faqat Geologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazayotgan yig‘ilishda bugungi kunda mavjud 8 mingta suv qudug‘idan 1,5 mingtasi yaroqsiz holatga kelgani, qariyb 800 ta mahallada suv ta’minoti yomonlashgani ta’kidlandi.
Shu bilan birga, Zomin, Nurota va Qo‘shrabot konlarida yer osti quduqlarini qazish hamda Zarafshon, Chirchiq kabi daryolar o‘zanida qum-shag‘al olish ishlarini nazoratsiz, pala-partish amalga oshirish oqibatida, ushbu hududlarda yer osti chuchuk suvlari zaxiralari 30 metrgacha pasaygan.
Yig‘ilishda bundan buyon suv quduqlarini aniqlash va burg‘ilash ishlari faqat Geologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Ikki oy muddatda Zarafshon va Chirchiq daryolarining ichimlik suvi ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan uchastkalarida tartib o‘rnatish topshirildi.
«Boshqa daryo bo‘ylaridagi ahvol ham qattiq tartibga olinishi kerak. U yerlardagi holatdan to‘liq xabarim bor. Bunga ham ikki oy muhlat beraman», — dedi davlatimiz rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter