Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoning 7 ta tumanida 3 kun ichimlik suvi o‘chiriladi

Surxondaryoning 7 ta tumanida 3 kun ichimlik suvi o‘chiriladi

Aholiga ichimlik suvini yetkazib berish barqarorligini oshirish maqsadida Surxondaryo viloyatidagi «Xo‘jaipok» TISICh magistral suv tarmog‘i va Tarqatish bo‘limidagi yuqori bosimli suv quvurlari yangisiga almashtirish ishlari olib boriladi.

«Surxondaryo suv ta’minot» AJ shu munosabat bilan magistral suv quvuri orqali ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan 7 ta tumanda joriy yil 15-aprel, soat 09:00 dan 18-aprel, soat 12:00 ga qadar suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishini e’lon qildi.

Mazkur tumanlar:

  • Oltinsoy tumani;
  • Qumqo‘rg‘on tumani;
  • Bandixon tumani;
  • Qiziriq tumani;
  • Sherobod tumani;
  • Muzrabot tumani;
  • Angor tumani.

Ta’kidlanishicha, ushbu hududlar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring