Surxondaryoda tog‘da yo‘qolib qolgan aka-uka ikki kun o‘tib topildi

Joriy yilning 4 mart kuni, taxminan soat 8.00da Uzun tumani «Yangiobod» mahallasida istiqomat qiluvchi aka-ukalar Bobotog‘ tizmasiga 2 bosh yirik shohli mollarini qidirib chiqib, qaytib kelmaydi.

FVV matbuot xizmati xabar berishicha, holat bo‘yicha Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv otryadining 1 ta maxsus texnika va 7 nafar qutqaruvchilari, shuningdek, Uzun tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi 20-Yong‘in-qutqaruv qismining 19 nafar qutqaruvchilari voqea joyiga yetib boradi.

Qutqaruvchilarning olib borgan sa’y-harakatlari natijasida 6 mart kuni soat 12.00 larda yo‘qolgan fuqarolar sog‘lom holatda topildi va oilasi bog‘riga qaytarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter