Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda erkak IIB binosi oldida o‘z tanasini kesgani videosi tarqaldi

Surxondaryoda erkak IIB binosi oldida o‘z tanasini kesgani videosi tarqaldi

Foto:Telegram/ @mobilmuxbiruz

Tarmoqda surxondaryolik erkak IIB binosi oldida o‘z tanasini lezviya (olmos) bilan kesgani videosi tarqaldi. 

Surxondaryo viloyati IIB bu holat yuzasidan bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 26-aprel kuni kunduzi 1981 yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan besh marotaba, 277-moddasi bilan 1 marotaba, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 162-moddasi (bosqinchilik) bilan bir marotaba sudlangan M.Abdurahim tuman IIB binosiga mast holda kelgan.  U tuman IIB xodimlari uni tinchlantirishga urinishiga qaramasdan, muqaddam sudlanganligi sababli zarurat tug‘ilgan vaqtda tuman IIBga profilaktik suhbatga chaqirtirilayotganligidan norozi ekanligini bildirib, yonida bo‘lgan bir marotabalik soqol olish uchun mo‘ljallangan olmos (lezviya) bo‘lagi bilan o‘zining tana qismini bir necha joyidan tilib o‘ziga tan jaroxati yetkazgan, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan shu vaqtning o‘zida Muzrabot tuman prokuraturasiga xabar qilingan.

«Fuqaro M.Abduraxim hushyor holga kelgach undan holat yuzasidan tushuntirish xati olinganida, qilgan ishidan pushaymonligini, pivo ichib mast holatda bo‘lganligi sababli o‘zining hatti-harakatlarini boshqara olmaganligini ma’lum qilgan»,—deya yakunlanadi IIB bayonoti. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring