Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Surxondaryoda Alloh bergan tabiiy boyliklardan to‘liq foydalana olmayapmiz» — Mirziyoyev

«Surxondaryoda Alloh bergan tabiiy boyliklardan to‘liq foydalana olmayapmiz» — Mirziyoyev

Boysun.

Foto: Ernest Kurtveliyev

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi haqida gapirdi. Amaldagi davlat rahbari viloyat yalpi hududiy mahsulotida sanoatning ulushi past ekanini tanqid qildi.

— Mavjud imkoniyatlarga qaramasdan, viloyat yalpi hududiy mahsulotdagi sanoatning ulushi 7,8 foizni tashkil etadi va bu respublikada past ko‘rsatgichlardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, viloyatning tuman va shaharlarida sanoat bir maromda o‘sayotgani yo‘q.

Bu borada, Surxon vohasining Alloh bergan mavjud tabiiy, noruda va qazilma resurslaridan to‘liq foydalana olmayapmiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ta’kidlanishicha, viloyatda investitsion va tadbirkorlik faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida kelgusi besh yilda sanoat tarmoqlarida 6,6 milliard dollarlik 5 mingdan ziyod investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 130 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring