Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo hokimi bilan tortishgan direktor ayol kaltaklandi

Surxondaryo hokimi bilan tortishgan direktor ayol kaltaklandi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan majlisda tortishib, omma e’tiboriga tushgan Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori Umida Tursunova kaltaklab ketilgan. 

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda uning singlisi ma’lumot tarqatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tursunova boshqa bir o‘qituvchining oila a’zolari tomonidan kaltaklangan. Ayni paytda u shifoxonada ekani ma’lum qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida direktorning hokim bilan tortishgan videosi tarqalgan va u yetti sutkaga qamalgani ham ma’lum bo‘lgandi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring