Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Superkarlarning otasi» sotilmoqda — kamida 3 mln dollar (foto)

«Superkarlarning otasi» sotilmoqda — kamida 3 mln dollar (foto)

Foto: RM Sotheby’s

AQShdagi RM Sotheby’s auksionida 1971-yilda ishlab chiqarilgan Lamborghini Miura SV supekari sotuvga qo‘yildi. Noyob mashina savdosi 3-3,5 million dollar foyda keltirishi kutilyapti.

Foto: RM Sotheby’s

Lamborghini Miura — ushbu italyan brendini dunyoga tanitgan ilk model. Uni jahondagi birinchi superkar ham deyishadi — yorqin va betakror dizayn, hashamatli salonga ega.

Foto: RM Sotheby’s

1966–1971-yillar davomida Lamborghini Miura mashinalari 760 ta atrofida ishlab chiqarilgan, hozir 1 million dollardan arzonga topilmaydi. Yuqorida sotuvga qo‘yilgan model esa chandon qimmat, chunki atigi 150 dona ishlab chiqarilgan SV final turkumiga mansub.

Foto: RM Sotheby’s

Lamborghini Miura SV superkariga 4,0 litrli V12 motori o‘rnatilgan (yangilanib 385 ot kuchigacha yetkazilgan). Soatiga 290 kilometr tezlikda harakatlanib, o‘z davrining eng tezyurar seriyali ishlab chiqariluvchi mashinasi, deya e’tirof etilgan.

Bulardan tashqari, Miura SV hozirgi zamonga mos texnologiyalar asosida ishlanib, boshqarilishi yengillashdi. Qolaversa, unda (o‘tmishdoshlaridan farqli ravishda) konditsioner ham bor.

Foto: RM Sotheby’s

Superkar ikki marta restavratsiya qilingan, iqlim-nazoratli garajda saqlangan. Turli retro-shoularda mukofotlarni yutgan. Yarim asrlik tarixi davomida atigi 40 000 kilometr yo‘l bosgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring