Sulton Sulaymon — Halit Ergench qamaladi

«Muhtasham yuz yil» serialidan kadr.
«Muhtasham yuz yil» serialida sulton Sulaymon rolini ijro etgan aktyor Halit Ergench qamaladi.
Aktyor 2013-yilda Istanbulning G‘ozi maydonida yuz bergan isyonlar ishi bo‘yicha yolg‘on ko‘rsatma berganlikda aybdor deb topildi.
Unga ikki yil va uch oylik qamoq jazosi tayinlandi. Keyinchalik qamoq muddati 1 yil 10 oy va 15 kungacha qisqartirildi. Halit Ergench aybiga iqror bo‘lmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter