Sudyalar oliy kengashida tanlov: nomzodlar to‘kildi-yey, to‘kildi...
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bo‘sh sudyalik lavozimlariga tanlov e’lon qilganidan so‘ng yuzlab da’vogarlar hujjat topshirgani xabari berilgandi. Tuman va shahar sudlaridagi 38 ta sudyalik o‘rni uchun hujjat topshirgan 111 nafar da’vogar soni dastlabki saralash imtihonidan (test) so‘ng 66 nafarga tushganidan ham voqifsiz.
Aytgancha, sudyalikka da’vogarlarning «hasbi-holi» tegishli talablarga javob berib, ular nomzod tariqasida ro‘yxatga olinganidan keyin ikki bosqichda chig‘iriqdan o‘tkaziladi. Shulardan birinchisi saralash imtihoni bo‘lib, u test shaklida amalga oshiriladi. Bundan eson-omon o‘tganlar Sudyalar oliy kengashining 21 nafar a’zosiga ro‘para bo‘ladi. Nomzod maxsus tugma orqali elektron dasturga joylashtirilgan biletlardan birini tavakkaliga tanlaydi (mazkur amaliyot yaqindan boshlab qo‘llanmoqda). Undagi ikkita savolga javob berishidan tashqari, kengash a’zolarining ham so‘roq-savollariga tutiladiki, shunga qarab xulosa qilinadi. Ya’nikim, kengashning 21 nafar a’zosi yopiq ovoz berish yo‘li bilan nomzod sudyalik lavozimiga loyiqligi (yoki aksincha) hal etiladi.
E’tiborlisi, bu safargi tanlovga ommaviy axborot vositalari xodimlari ham taklif etilib, ular jarayonning bevosita guvohiga aylandilar.
Tanlov yakuni ko‘ra, 38 ta bo‘sh sudyalik o‘rniga da’vogar 66 nafar nomzodning faqat 23 (!) nafarining omadi chopdi, xolos. Bu hol nomzodlarning har uchdan ikkitasi salohiyati mavjud talablarga javob bermagani barobarida tanlov o‘ta-o‘ta jiddiy tarzda o‘tkazilganini ham bildiradi. Chunki, nomzodlar kecha oliygoh shahodatini qo‘liga olgan yoshlar emas. Aksincha, yoshi 35dan kichik bo‘lmagan, maxsus sertifikatga ega va o‘nlab yillar huquq tizimida rizqini terib yurgan mutaxassislardir. Shularki, tanlovdan o‘tolmabdimi, talablar nechog‘liq bo‘layotganini tasavvur qilavering!
Biroq, bu — tanlovdan «yiqilganlar»ning barchasi uchun kengash eshiklari yopildi, degani emas. «Yiqilganlar» orasida zaxiraga olingani ham, noloyiq deb topilgani ham bor. Zaxiraga olinganlarga bir oydan so‘ng yana bir marta imkoniyat beriladi. Noloyiq deb topilganlar esa bir yildan so‘ng zaxiraga olishlari uchun Sudyalar oliy kengashiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Imkoniyatdan foylansa — marraga yetdi hisob. Aks holda, aytiladigan gap bitta: xush ko‘rdik, boshqa sohada omadingizni bersin...
E’tiborlisi, tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tganlarning aksariyati ilgari omadi chopmagan nomzodlar bo‘ldi.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi qonunlari stegishli moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining qarori bilan quyidagilar:
- A’zam Azizovich Aripov — birinchi besh yil muddatga Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
- Aziz Temirovich Raxmonov — birinchi besh yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Bekobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Bexzodbek Fazlidinovich Turdiyev — birinchi besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati Andijon shahar sudining sudyasi lavozimiga;
- Davronbek Erkinovich Olimov — birinchi besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Namangan shahar sudining sudyasi lavozimiga;
- Jasurbek Kosimovich Abidov — birinchi besh yil muddatga Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
- Zulfiya Alisherovna Nuraliyeva — birinchi besh yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Muzaffar Jumanazarovich Xolliyev — birinchi besh yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Nigoraxon Ibragimovna Mirzakarimova — birinchi besh yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Oybek Kenjayevich Jumanov — birinchi besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Uzun tuman sudining raisi lavozimiga;
- Oybek Kenjayevich Toshpo‘lotov — birinchi besh yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Otabek Akbutayevich Ergashev — birinchi besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tuman sudining raisi lavozimiga;
- Rustamjon Muxammadovich Boyqorayev — birinchi besh yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Ulug‘bek Mirzoyevich Qalandarov — birinchi besh yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati Kogon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Ulug‘bek Sattarovich Bazarov — birinchi besh yil muddatga Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
- Furkat Shuxratovich Anarov — birinchi besh yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Shuxratjon Shavkatjonovich Qurbonov — birinchi besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tuman sudining raisi lavozimiga;
- Xushnudbek Abdullayevich Raximov — birinchi besh yil muddatga Xorazm viloyati Shovot tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
- Xushnud Rimboyevich Karimov — birinchi besh yil muddatga Toshkent viloyati Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
- Kaxramon Kadirovich Axmadaliyev — birinchi besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati Oltinko‘l tuman sudining raisi lavozimiga;
- G‘ayrat Karimberganovich Matyakubov — birinchi besh yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, bir tarkibli tuman sudining sudsi ayni vaqtda shu sud raisi hisoblanadi. Birinchi besh yillik muddatda sudyalik lavozimiga tayinlanganlarning ayrimlari muayyan tuman sudiga raislik qilishi ko‘rsatilayotganining boisi shunda.
Yana bir gap.
Yuqorida 20 nafar ilk marta lavozimga tayinlangan sudyalarning ruyxati keltirildi. Qolgan uch nafari qani, dersiz?
Gap shundaki, nomi qayd etilganlardan tashqari:
- Askar Yusupovich Safarov — jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Muynoq tuman sudi raisi lavozimiga;
- Kuanishbay Oralbayevich Xojamuratov — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi lavozimiga;
- Kayrilla Zinotdinovich Atamuratov — fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanlararo sudi sudyasi lavozimiga loyiq deb topildi.
Qonunga muvofiq, Sudyalar oliy kengashi ularni sudyalikka tavsiya etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga taqdimnoma kiritadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlariga sudyalar tayinlash masalasida oxirgi qarorni Jo‘qori Kenges qabul qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter