Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalar oliy kengashi bo‘sh sudyalik lavozimlariga tanlov e’lon qildi

Sudyalar oliy kengashi bo‘sh sudyalik lavozimlariga tanlov e’lon qildi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bo‘sh sudyalik lavozimlariga tanlov e’lon qildi. Bu haqda kengashining matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Demak, bo‘sh o‘rinlar hududlar kesimida  quyidagicha ko‘rinish olgan:

Andijon viloyati:
fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar); fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).

Namangan viloyati:
fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).

Surxondaryo viloyati:
fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar); fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).

Farg‘ona viloyati:
fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar); fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar).

Xorazm viloyati:
fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudyasi (1 nafar)

Toshkent viloyati:
jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudi sudyasi (1 nafar);
jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudi sudyasi (1 nafar);
fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron sudi sudyasi (1 nafar);
fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi sudyasi (2 nafar); fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudi (1 nafar);
Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi (1 nafar);
O‘rtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi (1 nafar) ;
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi (1 nafar).

Toshkent shahar:
jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi (1 nafar);
fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar); fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi sudyasi (2 nafar);
fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi (6 nafar).

Izoh: Sudyalar oliy maktabida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan va 35 (o‘ttiz besh) yoshdan kichik bo‘lmagan nomzod ariza bilan Sudyalar oliy kengashiga yozma yoki elektron shaklda ([email protected]) murojaat qilishi mumkin.

Savollar bo‘yicha telefon raqam: +99871 215 73 10

Ariza taqdim etishning oxirgi sanasi 2021-yil 10-yanvar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring