SSV Toshkentda tuzalgan bemorlar haqida ma’lumot berdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi tuzalgan bemorlar xususida xabar qildi.
Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya i tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasida 9 nafar, 2-son Respublika klinik shifoxonasida 20 nafar, jami 36 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.
Ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida 4638 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etilib, endilikda ularning 2773 nafari sog‘aydi.
Shu tariqa hozirgi soatgacha mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4913 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter