Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Srechko Katanets O‘zbekistonga keldi

Srechko Katanets O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod Srechko Katanets muzokaralarning so‘nggi bosqichini o‘tkazish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabariga ko‘ra, sloveniyalik mutaxassisni O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov kutib oldi.

Srechko Katanets Yugoslaviya va Sloveniya terma jamoalari, shuningdek, Italiyaning «Sampdoriya», Germaniyaning «Shtutgart» klublarida o‘ynagan. Sloveniya termasini boshqargan paytda 2000 yilda ilk marta Yevropa chempionati, 2002 yilda jahon chempionatiga olib chiqqan.

Uning oxirgi ish joyi Iroq termasi bo‘lgan. Iroqliklar uning boshchiligida JCh-2022ning uchinchi bosqichiga muvaffaqiyatli yetib kelgan. Ishdan ketishiga 6 oydan beri oylik maoshini ololmayotgani sabab bo‘lgan.

Katanets O‘zbekiston termasini boshqargan ilk xorijiy murabbiy emas. Abramovdan oldin argentinalik Ektor Kuper bosh murabbiy bo‘lgandi. Ammo uning davrida O‘zbekiston Osiyo chempionatidagi eng yomon natijalarini qayd etgan. Oqibatda Kuper ishdan olingan va tovon puli sifatida unga 7 mln. yevro pul to‘langan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring