Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Srechko Katanets Gonkongning hujumi kuchaygani haqida gapirdi

Srechko Katanets Gonkongning hujumi kuchaygani haqida gapirdi

Gonkong — O‘zbekiston JCh-2026 saralash bahsidan avval mehmon jamoa ustozi Srechko Katanets matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Gonkong terma jamoasi texnik direktori lavozimiga "Brayton"da ishlagan Jon Morling keldi. Yaqinda bizda ham xuddi shu lavozimda belgiyalik Gi Kiala ish boshladi. Men terma jamoa haqida qayg‘uraman, u esa yoshlarga javob beradi.

Men Iroq terma jamoasida ishlaganimda JCh-2022 saralashida Gonkongga to‘qnash kelganman, o‘shanda ular o‘z yarim maydonidan chiqmay, faqat himoyada harakat qilishar edi. Yorn Andersen esa umuman boshqa jamoa shakllantiribdi. Ular hozir har bir o‘yinda ko‘plab vaziyatlar yaratishmoqda. Gonkong ko‘p gol o‘tkazyapti, ammo 5 kishi bo‘lib hujumga o‘tshmoqda» — dedi Katanets.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da O‘zbekiston MTJ Gonkongga qarshi maydonga chiqishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring