Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Stadiondagi ajal: «Spartak» va «Atletik Bilbao» o‘yini arafasida nimalar ro‘y berdi? (video)

Stadiondagi ajal: «Spartak» va «Atletik Bilbao» o‘yini arafasida nimalar ro‘y berdi? (video)

Foto: «Euronews»

Bilbao shahrida Yevropa ligasi bahslari doirasidagi uchrashuv arafasida futbol ishqibozlari o‘rtasida ro‘y bergan to‘qnashuv natijasida ispan politsiyachisi halok bo‘ldi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

Nizo Moskvaning «Spartak» hamda mahalliy futbol klublarining muxlislari o‘rtasida kelib chiqqan. Rossiyadan kelgan yuzlab ishqibozlar o‘yin o‘tkaziladigan stadionda tartisizlik yuzaga keltirishga urinishgan.

Ta’kidlanishicha, aynan rossiyaliklar «Atletik Bilbao» muxlislariga hamda stadiondagi xavfsizlik xodimlariga tashlanishgan. Halok bo‘lgan politsiyachi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan birgalikda futbol fanatlari o‘rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etishga kirishgan chog‘da qurbon bo‘lgani aytilmoqda.

Mahalliy OAVning xabar berishicha, rossiyaliklar ko‘chadagi bir qancha axlat idishlarini ag‘darib barrikada yasashgan. Ular yonayotgan petardalarni shisha idishlarni uloqtirishgan. Xabarda qayd etilishicha, Moskva futbol klubining 5 nafar ishqibozi hibsga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring