Somsaxonada portlash bo‘ldi. Yetti kishi shifoxonaga yotqizildi
Shu yilning 18 mart kuni kunduzi Shahrisabz tumani Xo‘jaxuroson mahallasida yashovchi A.T.ning (1949-y.t.) xonadonida chaqnash xodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, chaqnash xususiy uyda o‘zboshimchalik bilan tashkil qilingan somsaxonada 20 litr hajmli gaz baloni yorilib, suyultirilgan uglevodorod gazining havo aralashmasi natijasida sodir bo‘lgan. Natijada somsaxonaning uch nafar ishchisi hamda to‘rt nafar mijoz (jami yetti kishi) turli darajada kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa yuzasidan tuman IIB tomonidan JK (Jinoyat kodeksi)ning 229-moddasi («O‘zboshimchalik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter