Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq qirol qarzlarini uzish uchun qarz oldi: soliqchilarga 4,4 million yevro to‘lashi kerak

Sobiq qirol qarzlarini uzish uchun qarz oldi: soliqchilarga 4,4 million yevro to‘lashi kerak

Xuan Karlos I.

Foto: «Depositphotos»

Ispaniyaning taxtdan voz kechgan qiroli Xuan Karlos I soliq organlaridan qarzini uzish uchun do‘stlari va tanish tadbirkorlaridan qarz ko‘tardi. Sobiq qirol davlat g‘aznasiga €4,4 mln. to‘lashi shart.

«El Pais» yozishicha, qirolning tanishlari notarius ishtirokida qarz shartnomasiga imzo chekishgan. Ammo bu rasmiyatchilik uchun, do‘stlari qarzni qistash niyatidamas.

Ispaniya soliq tizimi esa o‘ta injiq. Agarda do‘stlari hadya shartnomasi tuzishganida, Ispaniya qonunlariga binoan, Xuan Karlosga beg‘araz o‘tkazib berilgan pullarning naq 40 foizini soliqchilar chegirib qolishgan bo‘lardi.

Avvaliga qirolga yordam bermoqchi kishilar 30 nafar edi, oxir-oqibat shartnomada 10 kishining nomi aksini topdi. Ularning nomlari oshkor etilmagan.

Nashr xabariga ko‘ra, yuridik jihatdan, 83 yoshli Xuan Karlosning qarz majburiyatlari uning o‘limidan so‘ng farzandlariga (misol uchun, Ispaniyaning amaldagi qiroli Filipp VI ga — tahr.) o‘tishi kerak, chunki bu yoshdagi insonga uzoq muddatli kredit majburiyatini yuklash mumkin emas. Yuristlar ushbu bandni qanday rasmiylashtirishgani noma’lum.

Qirolning soliqdan €4,4 millionlik qarzi qanday shakllangani mavhumligicha qolmoqda. «El Pais» taxminiga ko‘ra, bu deklaratsiya qilinmagan €8 mln. daromad oqibati bo‘lishi mumkin. Shuningdek, 2018 yilgacha puli sobiq qirolning qarindoshlariga qarashli fonddan to‘langan xususiy samolyotlardagi parvozlar ham shuncha soliqqa olib kelgan bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring