Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfonlarga qaysi ilovalar ko‘p o‘rnatilmoqda?

Smartfonlarga qaysi ilovalar ko‘p o‘rnatilmoqda?

Foto: «Sostav.ru»

«Newzoo» kompaniyasi smartfonlar uchun eng ommalashgan ilovalarni aniqladi.

Kutilganidek, ijtimoiy tarmoqlar — birinchi o‘rinda, foydalanuvchilarning 67 foizi bu ilovalarni smartfoniga o‘rnatgan. Ikkinchi o‘rinda shoping uchun dasturlar (56 foiz), uchinchi o‘rinda esa — o‘yinlar (50 foiz). Keyingi pog‘onalarda musiqa va striming servislari.

Manba: «Newzoo»

Tahlilchilar mobil o‘yinlarga qiziqish juda tez o‘sayotganini qayd etishdi.

 Smartfonida o‘yin o‘ynovchilar soni 2019-yilda 2,4 milliard kishiga yetadi, mobil o‘yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar 148 milliard dollar sof foyda oladi.


Ma’lumot uchun: «iPhone» uchun eng ommalashgan ilova «Netflix» ishlab chiqaruvchisi bir yilda 790,2 million dollar ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring