Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Solsberida Skripallar zaharlanishi sabab yopilgan restoran qayta ochildi

Solsberida Skripallar zaharlanishi sabab yopilgan restoran qayta ochildi

Foto: «Korrespondent.net»

Britaniyaning Solsberi shahrida Sergey Skripal va uning qizi zaharlanganidan so‘ng yopilgan «Zizzi» restorani qayta ochildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

Restoran 8 oy avval, Skripallar zaharlangan kun o‘sha yerda tushlik qilishgani aniqlangandan so‘ng yopilgan.

Uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng «Zizzi»ga hodisagacha ishlagan 24 nafar xodimning ko‘p qismi qaytdi. Restoran qayta ochilgungacha ma’muriyat o‘z xodimlariga to‘liq maoshni to‘lab turgan. Xodimlarning bir qismi tarmoqning boshqa restoranlariga ko‘chirilgan.

Restoranning ochilishida mehmonlarga taom uchun qancha istashsa shuncha to‘lash mumkinligi aytildi. Tushgan mablag‘ esa shahardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring