Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda ruhiy nosog‘lom ayolni masxara qilganlar ishidan haydaldi

Sirdaryoda ruhiy nosog‘lom ayolni masxara qilganlar ishidan haydaldi

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda «Sirdaryoda ruhiy nosog‘lom ayol masxara qilindi» sarlavhali video tasvir tarqalgan edi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan mazkur holatni o‘rganish uchun Sirdaryo tumani nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar «Muruvvat» internat uyida bo‘ldi.

Aniqlanishicha, ushbu videolavha 2024-yilning 26-aprel kuni taxminan soat 17:30dan 18:00lar atrofida internat uyi oshxonasida «Innovation-Outsorsing-Service» MChJ ishchilari O.Sh. va M.X.lar tomonidan tasvirga olingan. Ular muassasa hududida erkin sayr qilib yurgan S.Ya. ni shifokor, hamshira va kichik tibbiy xodimlar (enaga) ruxsatisiz oshxona binosiga olib kirib, ruhiy holatini bila turib mazax qilishgan. Mazkur olingan videolavha oshxonada ishlovchi xodimlarning Telegram guruhiga tashlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, bemor S.Ya. da aqli zaiflikning og‘ir darajasi sababli xulq atvor buzilishi bilan kechuvchi ruhiy holat tez-tez kuzatilib turadi (ya’ni doimiy ravishda yaqin qarindoshlarini eslab uyimga jo‘nating yoki chaqirib bering deb yig‘lash holatlari yuzaga keladi).

2024-yil 17-may kuni mazkur holat yuzasidan tuman IIBga murojaat qilinib, autsorsing xodimlari O.Sh. va M.X.larning xatti-harakatiga «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi qonuning 3 va 4-moddalari yuzasidan qonuniy chora ko‘rishlik bo‘yicha murojaat qilingan.

Shu tariqa O.Sh. va M.X.larga nisbatan MJtKning 202-2-moddasi 1-qismiga muvofiq, eng kam ish xaqqining 10 barobari miqdorida jarima to‘lash jazosi belgilangan. Shuningdek, autsorsing xizmatini ko‘rsatib keluvchi firma bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish uchun firma rahbariga ogohlantirish xati chiqarilgan.

Shundan so‘ng O.Sh. va M.X.lar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan va ular vazifasidan ozod qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring