Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi o‘zini osib qo‘ydi

Sirdaryoda qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi o‘zini osib qo‘ydi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda «Boyovutda tashkilot xodimining onlayn qimor qurboni bo‘lganligi aytilmoqda» sarlavhali xabar tarqaldi. Sirdaryo viloyati prokuraturasi holat yuzasidan izoh berdi. 

Aniqlanishicha, Boyovut tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi vazifasida ishlab kelgan T.B. 13-iyun o‘zi ishlab kelgan tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi ma’muriy binosining ikkinchi qavatidagi bo‘sh xonasida, ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan va hozirda aniqlik kiritilayotgan shaxsiy muammolari sababli xona eshigining to‘siniga sirtmoq bilan bo‘yin qismidan osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Hodisa joyi Boyovut tumani prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tuman IIB tezkor-tergov guruhi a’zolari va tuman prokuraturasi tergovchisi tomonidan ko‘zdan kechirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring