Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda kuchli shamol ko‘pqavatli uy tomini uchirib yubordi (foto)

Sirdaryoda kuchli shamol ko‘pqavatli uy tomini uchirib yubordi (foto)

Foto:«Sirdaryo xabarlari»

30-yanvar kuni Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismini qattiq shamol uchirib yuborgan.

Voqea joyiga zudlik bilan tuman FVB Yong‘in-qutqaruv xizmati xodimlari yetib borib, falokat oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.

Hodisa guvohlarining ma’lum qilishicha, sodir bo‘lgan hodisa natijasida insonlarning halok bo‘lishi yoki tan jarohati olishi kuzatilmagan.

Sirdaryo viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu binoning tom qismi 2019-yil yoz oylarida profnastil bilan kapital ta’mirlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda ham shunday hodisa kuzatilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring