Sirdaryoda katta hududda o‘rmon yonib ketdi. Bosh prokuratura izohi
Shu yilning 7-mart kuni olovga ehtiyotsizlik munosabatda bo‘lish oqibatida Sirdaryo tumanidagi davlat o‘rmon ov xo‘jaligi yer maydonidagi ekinzor, o‘rmon, daraxt va boshqa o‘simliklarga zarar yetkazilgan.
Natijada 5 ga hududda o‘simlik va daraxtlar yongan.
Natijada o‘simlik dunyosiga jami 167,7 mln. so‘m zarar yetkazilgan, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sirdaryo tumani IIB TB tomonidan tergov harakatalari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter