Sirdaryo Xalqaro investitsiya forumiga hozirlik ko‘rmoqda
Sirdaryo viloyatida 2019-yil 22-avgust kuni ilk bor Xalqaro investitsion forumi tashkil etilmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga xabar berishicha, forumda xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchilari, hukumat vakillari, 50dan ortiq davlatlardan 150dan ziyod kompaniya vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda Sirdaryoda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan xorijiy va mahalliy tadbirkorlar miqdori oshib bormoqda. Ushbu o‘tkaziladigan forumda 200 mln. dollardan oshiq investitsion va eksport shartnomalarini imzolanishi kutilmoqda.
«Forum qatnashchilari uch seksiyaga bo‘lingan holda ish olib borishi rejalashtirilgan, — deydi viloyat hokimligi mas’ul xodimi Jamoliddin Jo‘rayev. — Birinchi seksiya ishi hududning savdo-iqtisodiy rivojlanishi ustida ish olib borsa, ikkinchi seksiyada esa viloyatda qurilish industriyasi va muqobil energiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, shuningdek uchinchi seksiyadagi investorlar viloyat qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va qishloq xo‘jalik maxsulotlarini mahalliy sharoitda qayta ishlash uchun kapital joriy qilishning tartib-tamoiyllarini o‘rganadilar».
Forum qatnashchilari uchun «Gul bayrami», «Qushlar bayrami» va «Qovun sayli» tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter