Singapur Osiyo millionerlari poytaxtiga aylanadi
HSBC Holdings Plc hisobotiga ko‘ra, 2030-yilga borib Osiyo-Tinch okeani mintaqasi katta yoshli aholisi o‘rtasida millionerlar ulushi bo‘yicha Singapur Avstraliyani ortda qoldiradi. Ya’ni mamlakatdagi katta yoshlilarning har o‘ninchisi yoki aniqrog‘i 13,4 foizi millionerlar qatoriga qo‘shiladi (quyidagi diagramma).
Keyingi o‘rinlarda Avstraliya bilan izma-iz — Gonkong va Tayvan. 2030-yilga borib shu to‘rt mamlakatda millionerlar ulushi AQShdagidan yuqori bo‘ladi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, qolaversa, eng tez o‘sayotgan boshqa iqtisodiyotlar ham bor. Shu o‘n yillik nihoyasiga borib kamida $250 000 boylikka ega katta yoshlilar soni Vetnam, Filippin va Hindistonda ikki baravarga oshadi, deyiladi HSBC Holdings Plc hisobotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter