Sinalgan usullar: kompyuteringizdagi 10 ta qulaylik
- Agarda brauzer sahifasini bexosdan yopib yuborsangiz, Ctrl+Shift+T klavishlarini bosing — qayta ochiladi.
- Hamma narsani «Google Docs»da yozing. Shunda siz hech qachon yozganlaringizni yo‘qotmaysiz. «Google» matnlarni har soniyada avtomatik saqlab boradi.
- «Caps Lock» yoqilib qolib, siz «Word»da anchagina uzun matnni yozib qo‘ygan bo‘lsangiz, Shift+F3 klavishlarini bosing — harflar kichrayadi.
- «Word»ni Win+R klavishlarini bosib, ochilgan oynada «winword» so‘zini kiritib ham ishga tushirsangiz bo‘ladi.
- «Google»da o‘zingizga kerakli kitobni kengaytirilgan qidiruv orqali topsangiz ham bo‘ladi, buning uchun ularning formatlarini ko‘rsating — PDF, DOC, RTF, DjVu.
- Qaysidir shahardagi mahalliy vaqtni bilishni istasangiz «Google»ga «what time is it+shahar» yoki «time+shahar» birikmasini kiriting.
- Veb-sahifani PDF shaklida saqlash mumkin. Buning uchun brauzerda Ctrl+P klavishlarini bosing.
- «Facebook»dagi sahifadan elektron pochta qutisi sifatida foydalansa bo‘ladi. Buning uchun pochta xabarnomalarini sozlab, o‘z manzilingizga biriktirib qo‘ying.
- Agarda sizning «VKontakte»dagi loginingiz — telefon raqamingiz bo‘lsa, parolni istalgan alifboda (lotin yoki kirill) kiritsangiz bo‘ladi.
- Agar oila a’zolaringizni bir xonaga jamlamoqchi bo‘lsangiz — routerni o‘chiring ))).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter