Shveysariyalik lotereyadan 210 million yevro yutib oldi
Shveysariya fuqarosi «Euromillions» lotereyasida rekord darajada yuqori — 210 million yevro yutib oldi, xabar bermoqda BFM telekanali.
Jekpot 26-fevral kechki payt qayd etildi. Mutaxassislarning fikricha, omadli chipta egasining imkoniyati 139 millionga 1 edi.
«Euromillions»ning oldingi rekordi yaqinda — 2020-yilning 11-dekabr kuni qayd etilgan va o‘shanda fransiyalikning lotereyasiga 200 million yevro yutuq chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter