Shvetsiyalik erkak 3 kun liftda qolib ketdi
Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahri yaqinidagi Albiy qo‘rg‘onida bir kishi 3 kun liftda qolib ketdi, deya xabar beradi «Hurriyet.com» sayti.
Ismi oshkor qilinmagan 58 yoshli bir kishi juma kuni kechki paytdan beri liftda qolib ketgan.
Dushanba 1 oktyabr kuni ertalab uni bir kishi ko‘rib qolib, o‘t o‘chiruvchilarga xabar bergan. O‘t o‘chiruvchilar uni liftdan qutqarib olishgan.
Erkak 3 kundan beri liftda qolib ketgani uchun juda chanqab ketgan ekan.
Hozir u shifoxonada davolanyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter