Bu sizga elchining medaloni emas: Shvetsiyada qirol tojini o‘g‘irlab ketishdi
Shvetsiyada qirol Karl IX va uning rafiqasi Kristinaga tegishli toj va qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlashda gumon qilingan shaxsga ayblov e’lon qilindi. Bu haqda «Telegraf» xabar berdi.
Xabar qilinishicha, qiymati 65 mln. kron (7,2 mln. dollar)ga teng qimmatbaho buyumlar 2018-yilning 31-iyul kuni poytaxt Stokgolm yaqinidagi Strengnes cherkovidan ko‘rgazmaga qo‘yilgan joyidan o‘g‘irlab ketilgan. Toj va qimmatbaho buyumlarga qo‘shilib davlat ramzi (monarx hukumati ramzi) ham yo‘qolgan.
Xorij OAV xabarlariga ko‘ra, ikki nafar o‘g‘ri ichkariga oynani sindirib kirishgan, voqea joyidan velosipedlarda qochib qolishgan, keyin esa motorli qayiqda daryo orqali Stokgolmdan g‘arbga suzib ketishgan.
Shvetsiya politsiyasi qimmatbaho buyumlarni topa olgani yo‘q. Politsiya jinoyat joyida DNK izlari topilgan 22 yoshli yigitni tutib turibdi, biroq u aybdor ekanini inkor etyapti. Yana bir shaxs ham qo‘lga olingan, unga hozircha ayblov qo‘yilmagan.
Karl IX 1604-yili taxtga o‘tirgan. 1611-yili Shvetsiya va Daniya o‘rtasida yuzaga kelgan nizodan o‘ziga kelolmagan Karl IX o‘sha yili vafot etgan. Shved qiroli Strengnes cherkovida dafn etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter