Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiya parlamenti NATOga a’zolik haqidagi hujjatni ma’qulladi

Shvetsiya parlamenti NATOga a’zolik haqidagi hujjatni ma’qulladi

Shvetsiya parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan mamlakatning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini tugatish va NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjat loyihasiga 296 nafar deputat yoqlab ovoz bergan, 37 nafari esa qarshi.

Shvetsiya hukumati iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitda Alyansga rasman qo‘shilish ehtimolini katta, deb hisoblamoqda.

Biroq Turkiya va Vengriya Skandinaviya davlatlarining arizalarini haligacha ratifikatsiya qilmagan. Anqara mart oyi oxirida faqatgina Finlyandiya nomzodini tasdiqlashi mumkinligini aytgandi. Rasmiy Budapesht esa ikki davlat nomzodlarini alohida ko‘rib chiqishlarini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21-yanvarida Stokholmda Daniyaning o‘ng qanot ekstremistik partiyasi rahbari Rasmus Paludan musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘lgan Qur’oni Karim nusxasini omma oldida namoyishkorona yoqib yuborgach, Erdo‘g‘on «Shvetsiya Turkiyani, shuningdek, musulmonlarning e’tiqodiy tuyg‘ularini hurmat qilmas ekan, NATOga a’zolik borasida dastak ololmasligi»ni bildirgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring