Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shoshiling, sanoqli kunlar qoldi» – talabalarga eslatma berildi

«Shoshiling, sanoqli kunlar qoldi» – talabalarga eslatma berildi

Foto: Xabar.uz

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) barcha talabalarga 10 foiz chegirma berilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, respublikamizdagi oliygohlarda tahsil olayotgan hamda 2021 yil 1 noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan talabalarga 2021/2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiya qo‘shilmagan bazaviy to‘lov-kontrakt summasiga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) belgilangan.

Hozirda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va koronavirusga qarshi vaksina olgan talabalarga bir martalik 10 foizli chegirma bonusi berilmoqda.

Vaksinani to‘liq olishga ulgurmagan talabalarga 1 noyabrga ham sanoqli kunlar qolgani eslatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring