Sho‘rchida mansabdorlarning «loqaydligi va vijdonsizligi» 3,1 mlrd. so‘mga tushdi
Sho‘rchi tumani hokimligi mansabdor shaxslari o‘z vazifalariga loqaydlik va vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishgani oqibatida madaniy meros ob’yektlariga 3,1 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Jumladan, 2022-2023-yillarda:
– «M.» xususiy korxonasi rahbari X. M. va boshqalar «Yangiariq» mahallasidagi VII asrga oid «Jartepa» arxeologik yodgorligi hududida g‘isht ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib, 1,8 mlrd. so‘mlik;
– fuqaro E. M. va boshqalar «Katta Sovur» mahallasidagi VI-VIII asrlarga oid «Qorovultepa» arxeologik yodgorligi tuproqlarini kesib, molxona qurib olib, 693 mln. so‘mlik;
– fuqaro T. T. va boshqalar «Sourtepa» mahallasidagi I - V asrlarga oid «Savurtepa 2» arxeologik yodgorligi tuproqlarini kesib, molxona, hojatxona qurib, 670 mln. so‘mlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter