Shomurodov va Mourino yangi tarixni yozdi
Ilk bor tashkil etilgan Yevropa Konferensiyalar Ligasi finalida Italiyaning «Roma» klubi Niderlandiyaning «Feyenoord» jamoasini mag‘lub etdi.
Shu tarzda Eldor Shomurodov yevrokubok finalida maydonga tushib, g‘alaba qozongan o‘zbek futbolchisiga aylandi.
«Roma» ustozi Joze Mourino ham rekord qayd etdi. U amaldagi yevrokuboklarning uchalasida: Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasida g‘olib chiqqan birinchi murabbiyga aylandi.
Roma — Feyenoord 1:0
Gol: Dzanolo (32).
Roma — Patrisiu, Manchini, Ibanes, Smolling, Kristante, Pellegrini, Mxitaryan (Oliveyra, 17), Zalevski (Spinatssola, 67), Karsdorp (Vinya, 89), Dzanolo (Veretu 67), Abraham (Shomurodov, 89).
Feyenoord — Beylo, Malasia (Jahonbaxsh, 89), Senesi, Trauner (Pedersen, 74), Gertryuyda, Ko‘kchi (Volemark, 88), Eursnes, Til (Tornstra, 59), Sinisterra, Nelson (Linssen, 74), Dessers.
Ogohlantirishlar: Trauner (25), Pellegrini (37), Zalevski (67), Patrisiu (84), Spinatssola (90+4).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter