Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shols hukumat rahbarligidan ketgach nima qilishini aytdi

Shols hukumat rahbarligidan ketgach nima qilishini aytdi

Germaniya kansleri Olaf Shols hukumat rahbari lavozimidan ketgach siyosatni tark etish niyatida ekanini ma’lum qildi. Kansler shu bilan birga, bu holat «ba’zi odamlar taxmin qilganidan» kechroq sodir bo‘lishiga ishonch bildirdi.

-Mening «A» rejam shuki, men yana kansler etib saylanaman, shuning uchun ham shu yerdaman -, dedi Shols Jung & Naiv podkastida. Keyinroq kansler lavozimi uning faoliyatidagi so‘nggi bosqich bo‘ladimi, degan savolga nemis siyosatchisi shunday javob berdi: «Ko‘p yillar davomida men o‘z vatanim uchun biror narsa qilish sharafiga muyassar bo‘ldim, umid qilamanki, yana uzoq vaqt davomida bu vazifani uddalay olaman, ammo keyin yana oddiy fuqaro bo‘lish vaqti keladi», — deya o‘z pozitsiyasiga oydinlik kiritdi Olaf Shols.

U o‘zidan oldingi kanslerdan biri Gerxard Shrederning ssenariysini nomaqbul deb atadi. Shreder kansler lavozimini tark etgach, u bir necha marta siyosiy jabhada o‘z o‘rnini o‘zgartirdi. 

Germaniya hukumati uchun muddatidan oldin saylovlar 23 fevralga belgilangan. Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan bahslardan so‘ng teletomoshabinlar kichik hisobdagi g‘alabani Olaf Shols foydasiga berishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring