Shohjahon Ergashevning mashg‘ulotlari qanday o‘tadi? (pozitiv video)
Yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev yana bir haftadan so‘ng, joriy yilning 15-fevral kuni o‘zining navbatdagi jangini Kanzas shtatidagi (AQSh) Malvan shahrida o‘tkazadi.
Mazkur jangda bokschimiz amerikalik tajribali charm qo‘lqop ustasi Mikal Foksga (19-5-0) qarshilik ko‘rsatadi.
Ayni damda Shohjahon ushbu jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun Florida shtatining Mayami shahrida mashg‘ulot o‘tkazmoqda, deb xabar berdi «Sport.uz».
«Men Mayamida Mikalga qarshi o‘tadigan jangga jiddiy tayyorlanmoqdaman. Ushbu bahs men uchun muhimdir. Bu yerda bir necha sparring janglar o‘tkazdim, shuningdek, taktik va texnik hamda jismoniy holatimni yaxshilovchi mashqlarni bajarmoqdaman. Nasib qilsa, navbatdagi jangda ham g‘alaba qozonaman», – deydi Shohjahon Ergashev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter