Shohjahon Ergashevning raqibi og‘riqdan hushini yo‘qotdi

Professional boksning super yengil vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev «Zoʻr TV Arena»da o‘zining 21-jangini o‘tkazdi.
Tailand vakili Aekkauee Kaumanega qarshi kechgan bahs birinchi raundda o‘z nihoyasiga yetdi va unda Shohjahon g‘alaba qozondi.
Bokschimizning raqibining jigar qismiga bergan kuchli zarbasi masalani hal qildi. Tailandlik bokschiga shifokorlar yordam berishiga to‘g‘ri keldi. Og‘riq shunchalik kuchli bo‘ldiki, bokschi ringda hushini yo‘qotdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter