Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreyaning urinishi yana muvaffaqiyatsiz chiqdi

Shimoliy Koreyaning urinishi yana muvaffaqiyatsiz chiqdi

Shimoliy Koreyaning orbitaga ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshini chiqarish bo‘yicha navbatdagi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Koreya markaziy axborot agentligi KXDR Milliy aerokosmik texnologiyalar boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, raketa parvozning birinchi bosqichida havoda portlab ketgan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Shimoliy Koreya rasmiylari may va avgust oylarida muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng o‘zlarining «Malligyon-1» razvedka sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli uchirilganini e’lon qilgan edi.

Janubiy Koreya rasmiylarining ta’kidlashicha, Pxenyan Moskvaga qurol ortilgan konteynerlarni yuborish evaziga ushbu parvoz uchun Rossiyadan texnik yordam olgan.

Dushanba kuni Shimoliy Koreya hukumati Yaponiyani rejalashtirilgan parvoz haqida xabardor qildi. AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya bu qarorni tanqid qilib, bunday manevrlar BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalarini buzishini aytdi.

Keyinroq Janubiy Koreya harbiylari raketa KXDRning dengiz hududiga qulaganini qayd etishdi, sun’iy yo‘ldosh havoda portlab ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring