Shimoliy Koreya koronavirusdan holi mamlakatligicha qolmoqda
Kuni kecha Shimoliy Koreyada koronavirus yuqtirishda birinchi gumonlor ushlangan va Keson shahri kuchaytirilgan karantinga olingandi.
Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash vazirligi mulozimi Yun Txe Xoning ma’lum qilishicha, Shimolda ushlangan gumondorda virus tasdiqlanmagan.
Shubhaga olingan shaxs virus tashuvchi ham emas, bemor bilan muloqotda ham bo‘lmagani aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, 26 iyul kuni mamlakatda koronavirus xavfi sabab KXDR Mehnat partiyasi siyosiy yig‘ilishi o‘tkazilgan va uni shaxsan Kim Chen In boshqargan edi.
Eslatib o‘tamiz, rasman Shimoliy Koreya koronavirus qayd etilmagan sanoqli davlatlardan bir bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter