Shifokorlar koronavirus tufayli go‘daklar o‘lik tug‘ilishidan xavotirda
Irlandiyada shifokorlar go‘daklarning o‘lik tug‘ilish holatlarini o‘rganishmoqda. Chunki bu koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mamlakat bosh shifokori o‘rinbosari Ronan Glinn «COVID-platsentit» deb nomlanuvchi kasallik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘lik tug‘ilish to‘g‘risida to‘rtta xabarni e’lon qildi. Bu haqda «Euronews» telekanali xabar berdi.
Uning fikricha, bunday vaziyatda yo‘ldoshning zaharlanishi o‘lik tug‘ilishga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq Glinn jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida hozircha aniq bir xulosaga kelish uchun tafsilotlar juda kamlik qilishini qo‘shib qo‘ygan, deya xabar berdi MedicalXpress.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shu paytgacha Irlandiyada koronavirus pandemiyasidan 4 396 kishi vafot etdi. Hozirgi vaqtda mamlakat koronavirusga qarshi uchinchi izolyasiya jarayonida turibdi. Yanvar oyi boshida aholi jon boshiga yuqish darajasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter