Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor uyqusizlikdan qutilishning oddiy yo‘llarini ma’lum qildi

Shifokor uyqusizlikdan qutilishning oddiy yo‘llarini ma’lum qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh nevrologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Yoqutxon Majidova uyqusizlikdan xalos bo‘lishning oson yo‘llari bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Jismoniy faollik, xususan, sport bilan muntazam shug‘ullanish uyqusizlikdan xalos bo‘lishda katta yordam beradi.

Biroq bunday mashg‘ulotlarni uxlash oldidan bajarmaslik maqsadga muvofiq.

Shu bilan birga, kunning ikkinchi yarmida tarkibida kofein bo‘lgan har qanday mahsulotni iste’mol qilish, uxlashdan avval esa qahva yoki achchiq choy ichish mutlaqo mumkin emas.

Buning o‘rniga, yotishdan 5-10 daqiqa oldin tinchlantiruvchi mashqlar bajarish, sokin musiqa tinglash va iliq vanna qabul qilish uxlashga yordam beradi.

Biroq shifokor ko‘rsatmasi bo‘lmasa, zinhor uxlatuvchi dorilarni qabul qilish kerak emas.

Eng muhimi, bir vaqtda uyquga yotib, bir vaqtda uyg‘onishga harakat qilish lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring