Shifokor koronavirus profilaktikasida nima uchun ko‘p suv ichish kerakligini tushuntirdi

Turkiyada ichki kasalliklar va nefrologiya bo‘yicha mutaxassis, doktor Arzu Akgul koronavirus profilaktikasida nima uchun ko‘p suv ichish zarurligini tushuntirib berdi.
Uning ta’kidlashicha, suv organizmda metabolik jarayonlarni tartibga soluvchi, shuningdek, hujayralarga oziq moddalarni yetkazib beruvchi hamda hayotiy faoliyati davomida hosil bo‘ladigan chiqindilarni chiqarib yuboruvchi asosiy omil hisoblanadi.
Shifokorning fikricha, suv toksinlarni chiqarib yuboradi, tana haroratini hamda qon quyuqligini tartibga soladi. Aks holda toksinlar qonda to‘planib qoladi. Oxir-oqibat, odamda siydik-tosh kasalligi yoki buyrak yetishmovchiligi kelib chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter