Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHTda raislik Qozog‘istondan Xitoyga o‘tdi

ShHTda raislik Qozog‘istondan Xitoyga o‘tdi

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raislik Qozog‘istondan Xitoyga o‘tdi va u yerda kelasi yili tashkilotning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Qozog‘iston poytaxtida imzolangan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining Ostona deklaratsiyasida belilab qo‘yildi.

Qozog‘iston Ostonadagi sammitda ShHTga bir yillik raislikni yakunladi. Shu vaqt ichida tashkilot doirasida hamkorlikning turli yo‘nalishlarini qamrab olgan 150 dan ortiq tadbir o‘tkazilgan.

2025-2027 yillarga ShHT Bosh kotibi etib esa Nurlan Yermekbayev tayinlandi.

U 2022-yil 1-yanvardan boshlab bosh kotib lavozimini egallab kelayotgan Xitoy vakili Chjan Ming o‘rniga 2025-yil 1-yanvardan tashkilotni boshqaradi. Hozirda Ermekbayev ShHT Bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring