Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHT Samarqand sammitiga keladigan xalqaro tashkilotlar ma’lum bo‘ldi

ShHT Samarqand sammitiga keladigan xalqaro tashkilotlar ma’lum bo‘ldi

Shu yilning 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar sammiti o‘tkaziladi.

Avvalroq ushbu sammitda ishtirok etadigan 15ta mamlakat rahbarlari nomi e’lon qilingan edi. Hozirda tadbirda ishtirok etishini tasdiqlagan xalqaro tashkilotlar ham ma’lum bo‘ldi.

Rasmiylarga ko‘ra, ShHT sammitida ishtirok etmoqchi bo‘lgan xalqaro tashkilotlar orasida BMT hamda uning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, YuNESKO, MDH, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB), Yevroosiyo iqtisodiy kengashi, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Arab davlatlari ligasi kabi tashkilotlar bor.

Eslatib o‘tamiz, ShHTning bunday keng formatdagi sammiti ilk bor Samarqandda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bu nufuzi ortib borayotgan va geografik ko‘lami kengayib borayotgan tashkilotga yanada kengrok hamkorlik va muloqot maydonchasiga aylanishi uchun yaxshi imkoniyat ochib beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring