Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov ko‘zbo‘yamachiliklar haqida gapirib, Shveysariyadan o‘rnak olishga chaqirdi

Sherzod Shermatov ko‘zbo‘yamachiliklar haqida gapirib, Shveysariyadan o‘rnak olishga chaqirdi

Sherzod Shermatov — Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari.

Foto: «UzReport.news»

«Sirdaryo viloyatidagi uchrashuvda Prezidentimiz ko‘zbo‘yamachilik haqida juda kuyinib gapirdilar. Bu — haqiqatda jamiyatimizga juda katta zarar beradigan illat», — deb yozdi Sherzod Shermatov «Facebook»dagi sahifasida.

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etarkan, o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashadi:

— Bundan 15 yil avval Shveysariyaga Butujahon axborot jamiyati sammitida ishtirok etish uchun hukumat delegatsiyasi tarkibida borganimizda biz uchun juda qiziq bir holatga guvoh bo‘lgandik.

Jeneva shahriga Butunjahon sammitida ishtirok etish uchun dunyoning deyarli barcha davlatlarining birinchi rahbarlari yoki hukumat rahbarlari tashrifiga qaramasdan, tadbirlar o‘tadigan joy yaqinidagi eski shahar ko‘chasida trotuarni tuzatayotgan ishchilar bemalol o‘z ishini shoshmasdan bajarayotgan edilar.

Uning qayd etishicha, shaharga shuncha nufuzli mehmonlar kelganiga qaramasdan, hech kim ishchilarni shoshirmagan yoki tuzatilayotgan joy atrofini xo‘jako‘rsinga banner bilan to‘sib qo‘yish harakatini qilmagan. «Chunki mehmonlar keladi — ketadi, lekin o‘sha tuzatiladigan yo‘l shoshilmasdan sifatli ta’mirlansa, ortiqcha harajat bo‘lmaydi va uzoq yillar davomida xalqqa yaxshi xizmat qiladi. Buning natijasida budjet mablag‘lari ham samarali sarf etiladi», — deya bunga izoh beradi muallif.

— Xo‘jako‘rsinga shoshma-shosharlik qilish natijasida esa qurilish — obodonlashtirish ishlariga birinchidan ortiqcha xarajat ketadi, ikkinchidan ular sifatsiz bajarilib, uzoq muddatga xizmat qilmaydi. Natijada yana qo‘shimcha harajat bo‘ladi va bu odamlarning noroziligiga olib keladi. Budjetdagi mablag‘larimiz Shveysariya darajasidan ancha past bo‘lsa-da, nega ularni samarali ishlatishga harakat qilmaymiz? — deydi vazir o‘rinbosari. — Shuning uchun ham barcha sohalarda ko‘zbo‘yamachilik illatidan voz kechishga haqiqiy harakat bo‘lishi shart, shundagina hayotimizga ijobiy o‘zgarishlar tezroq kirib keladi.

Sherzod Shermatovning ma’lum qilishicha, Shveysariya nafaqat jon boshiga daromadi bo‘yicha dunyoda yetakchilardan, balki Innovatsiya reytingida ham dunyoda yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring