Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shaxmat Olimpiadasi: Sakkizinchi turda kuchli raqiblar duch kelmoqda

Shaxmat Olimpiadasi: Sakkizinchi turda kuchli raqiblar duch kelmoqda

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

Dunyoning ikki yuzga yaqin davlati terma jamoalari qatnashayotgan nufuzli musobaqada 7-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Amaldagi Olimpiada chempioni hisoblangan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bu turda tajribali grossmeyster va jahon chempionlarini o‘zida jamlagan Ukrainani 3:1 hisobida taslim etdi.

Bugun esa shaxmatchilarimiz 8-turda Serbiya terma jamoasiga qarshi dona surishadi.

Serbiyaliklar ham biz kabi 6 g‘alaba va 1 mag‘lubiyatga ega bo‘lib turishibdi. Tarkibida Aleksandr Predke, Aleksey Sarana, Aleksandar Indjich singari taniqli grossmeysterlar bor.

Jami 184 ta terma jamoa qatnashayotgan ayollar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 8-turda AQSh terma jamoasiga qarshi dona surishadi. Amerikaliklar ham biz singari 5 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyatga ega bo‘lib turishibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring