Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili nomzodning ustun jihati nimadaligini aytdi
30-sentyabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzodning Toshkent shahridagi ishonchli vakili Rustam Kalanov jurnalistlar, partiya vakillari va Tokio Paralimpiadasi ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil qildi.
Ishonchli vakil nomzodning tarjimai holi hamda saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarini tanishtirib o‘tdi. Rustam Kalanov nomzodning sport sohasiga e’tiborini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek uchrashuvda so‘z olgan paralimpiada ishtirokchilari ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.
«Nomzod o‘z saylovoldi dasturida vatanimizni dunyoga tanitayotgan siz kabi sportchilarni qo‘llab-quvvatlashda davom etish nazarda tutilgan. Boshqa nomzodlarga hurmat saqlagan holda aytishim mumkinki, biz Shavkat Miromonovichni amaliyotda ko‘rdik. Qisqa muddatda bunday yutuqlarga erishish oson emas», – deydi Rustam Kalanov.
Markaziy saylov komissiyasining 14-sentyabrdagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgandi.
20-sentyabrdan boshlab partiyadan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakillari joylarda saylovoldi targ‘ibot tadbirlarini boshlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter