Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimovni xotirlash tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev bugun, 30-yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 25-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana — 30-yanvar kunini keng nishonlash belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter