Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev sessiyada muhim muammolarni ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev sessiyada muhim muammolarni ko‘rsatdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Navoiydagi yig‘ilish davom etmoqda.

Prezident viloyatdagi ayrim yechimini kutayotgan masalalarga to‘xtaldi.

Viloyat iqtisodiyoti faqatgina yirik korxonalarga qarab qolmasligi kerakligi ta’kidlandi. Tadbirkorlikni ko‘proq rivojlantirish, bo‘sh yotgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Navoiyda sanoatni yanada rivojlantirish uchun juda katta zaxira va imkoniyatlar bo‘lgani bilan, ular to‘liq ishga solinmayotgani qayd etildi.

Ishsiz yoshlar va yordamga muhtoj ayollar kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Qishloq xo‘jaligida mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Navoiy hududida 8,5 million gektar yaylovlar bo‘lgani bilan qo‘ychilik va qorako‘lchilik viloyatning drayveriga aylangani yo‘q.

Ijtimoiy sohada ham aholini qiynayotgan masalalar yetarli. Birgina «Tashabbusli budjet» doirasida 326 ta mahalla tomonidan 2 ming 346 ta eng dolzarb muammo ko‘tarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring