Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev MDHning norasmiy sammitida ishtirok etdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev MDHning norasmiy sammitida ishtirok etdi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan o‘tkazilgan MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

Sammitda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.

Joriy yildagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, bo‘lajak 2023-yil uchun ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston MDH doirasidagi hamkorlikni uch yo‘nalishda: siyosat va xavfsizlik borasida, iqtisodiy va gumanitar sohalarda rivojlantirmoqda.

MDH makonida to‘laqonli erkin savdo hududini shaklantirish va transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash ustuvor vazifalardilar.

Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, oziq-ovqat, energetik va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan milliy dastur va strategiyalarni amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Keyingi yillarda O‘zbekiston Hamdo‘stlik faoliyatidagi ishtirokini faollashtirdi, 40 dan ortiq ko‘p tomonlama bitimlarni imzoladi hamda MDHning 23 ta tarmoq organlariga qo‘shildi.

2022-yilda O‘zbekistonning Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashi uchdan bir hissaga ortdi, 1 mingdan ziyod qo‘shma korxonalar tashkil etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring